Logo
25 - Oktyabr, 2025 | 09:00 – 17:30 GMT +5

Erta aniqla
hayotni saqla

Salomatlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va birlashish kuchining ahamiyati haqida forum!

Forumga kirish faqat oldindan ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar uchun amalga oshiriladi. Joylar soni cheklangan.

Woman Illustration

“Erta aniqla – hayotni saqla” — bu nafaqat professional maydon, balki ayollar salomatligi va millat kelajagi haqida so‘z yuritiladigan muhokama maydoni.

Forum haqida

Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-402 sonli «Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda. Qaror ko‘krak bezi saratoni va bachadon bo‘yni saratonini oldini olish va erta aniqlash tizimini takomillashtirishga va bu sohada aholining ogohligini oshirishga qaratilgan. Mazkur Forum O‘zbekistonda onkologik yordam tizimini yangilash bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bir qismi.

Bu yerda raqamlar va hisobotlar emas, balki g‘oyalar va yechimlar, bu yo‘nalishdagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi—ular sog‘liqni saqlash tizimini oldinga siljitadi va jamiyatni o‘z salomatligiga e'tiborli bo‘lishni odat shakliga aylantirishni nazarda tutadi.

Ochiq muloqot

Forum — o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan bo‘lib, barcha o‘zini qiziqtirgan har qanday savollarga javob olishi mumkin.

Birlashuv kuchi

Shiforkor-mutaxassislar, davlat idoralari, xalqaro hamkorlar va kasallikka chalingan ha uni kichli iroda bilan yengib kelayotgan insonlar va ularning yaqinlarini birlashtiradi va o‘zaro yechimlarni muhokama qiladi.

Ilhom bag‘ishlovchi lahzalar

Biz nafaqat shifokor mutaxassislar va bemorlarni balki ularning oilalari, farzandlari va do‘stlarini ham kutib qolamiz.

Tadbir dasturi

O‘zaro hamkorlik va onkologik kasalliklarni oldini olishda innovatsion g‘oyalarni rag‘batlantirish bilan boyitilgan sessiyalar, panellar va soha imkoniyatlarining batafsil jadvalini quyida ko‘rishingiz mumkin.

25-oktabr, 2025-yil
09:00-09:30
Ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish
09:30-10:15
Forumning ochilishi
10:15-10:45
Strategiya va uni amalga oshirish: qiyinchiliklar va imkoniyatlar

- Delivery Unit jamoasining PQ-402-sonli qaror bo‘yicha ma’ruzasi: strategiyaning amaliyotga ta’siri muhokamasi

10:45-12:30
I panel muhokamasi. Diagnostika: yangi yondashuv va qiyinchiliklar

Mavzular:
Xalqaro tajriba va skrining dasturlarining samaradorligi
Ginekologlarning kasallikni erta aniqlashdagi roli va bemorlarni yo‘naltirishning yangi tizimi
Onkogenetik testlash: individual yondashuv uchun imkoniyatlar
Patomorfologik diagnostika va davolash protokollarini standartlashtirish
ESMO/ESGO xalqaro klinik standartlarini milliy sog‘liqni saqlash tizimiga moslashtirish

Spikerlar: Т. Alibegashvili, Sh.Turdiqulova, F.Jurayev, К.Zirov
12:30-13:00
Raqamli instrumentlar va xalqaro tajriba - I. Fomintsev

Taqdimot: Portal va “Erta aniqla” telegram boti – M. Korochkina.

13:00-14:00
Tushlik
14:00-15:30
II panel muhomakamasi. Davolash: zamonaviy protokollar va tajribalar moslashuvi

Mavzular:
Ko‘krak bezi saratoni jarrohligi: organlarni saqlab qoluvchi operatsiyalar, rekonstruktiv-plastik aralashuv va signal limfatugunlari biopsiyasini qanday qilib uyg‘unlashtirish mumkin?
Ko‘krak bezi saratonining zamonaviy xirurgiyasi
Bachadon bo‘yni saratoni bemorlari: zamonaviy xalqaro protokollar amaliyotda qanday ishlaydi?
O‘zbekistonda kimyoterapiya: qaysi protokollar qo‘llaniladi, qaysi preparatlar mavjud va qanday muammolar saqlanib qolmoqda?

Spikerlar: D.Aliyeva, V.Vorotnikov, D.Vatansevar, K.Izrailbekova
15:30-17:00
III panel. Bemorlarning ijtimoiy moslashuvi va ularni qo‘llab-quvvatlash

Mavzular:
Deontologiya va ko‘p tarmoqli yondashuv
Palliativ yordam: bemorlarning hayot sifatini yaxshilash uchun brigada va xospislarni qanday rivojlantirish kerak?
Onkopsixologiya: nima uchun psixologik qo‘llab-quvvatlash onkobemorlarni davolashning standart qismi bo‘lishi kerak?
Bemorlar hamjamiyatini tuzishning ahamiyati va shifokorlar hamkor sifatida

Spikerlar: Y.Ziyayev, S.Azlarova, D.Bakman, A.Ermatova
17:00-17:30
Forum yopilishi

“Melodiya” ijodiy jamoasining chiqishi

Master-klasslar, ma'ruzalar va uchrashuvlar

Erta aniqla master-classErta aniqla master-class

Spikerlar

O‘z sohasining yetakchi mutaxassislari bo‘lgan spikerlar bilan tanishing.

Yahyo Ziyayev
Yahyo Ziyayev
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va Radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi palliativ davolash bo'limi mudiri
O'zbekiston
Kamila Isroilbekova
Kamila Isroilbekova
Onkolog-kimyoterapevt, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ximiya terapiya shifokori t.f.n.
O'zbekiston
Vladimir Vorotnikov
Vladimir Vorotnikov
Onkolog, mammolog, “RJD-Meditsina” markaziy klinik shifoxonasi (Moskva) ayollar reproduktiv tizimi o‘smalari bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, plastik jarrohlik kafedrasi dotsenti
Rossiya
Shahlo Turdikulova
Shahlo Turdikulova
Olima, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi kimyo-biologiya fanlari bo'yicha vitse-prezidenti, biologiya fanlari doktori, professor
O'zbekiston
Farrux Juraev
Farrux Juraev
Onkolog shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi
O'zbekiston
Ilya Fominsev
Ilya Fominsev
Onkolog, onkologik profilaktika va shifokor hamda bemor o‘rtasidagi muloqot bo‘yicha ekspert
Rossiya
Dogan Vatansever
Dogan Vatansever
Koç Universiteti klinikasining akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti
Turkiya
Dilfuza Alieva
Dilfuza Alieva
Onkolog-shifokor, mammolog, O‘zbekiston Respublikasi Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy milliy markazining Toshkent shahar filiali plastik jarrohi
O'zbekiston
Sayyora Azlarova
Sayyora Azlarova
Psixolog
O'zbekiston
Konstantin Zirov
Konstantin Zirov
Onkoplastik jarroh
Rossiya
Tamar Abegashvili
Tamar Abegashvili
Gruziya bachadon bo‘yni patologiyasi va kolposkopiya jamiyati prezidenti, Yevropa Kolposkopiya Federatsiyasi a’zosi
Gruziya
Nozimaxon Davletova
Nozimaxon Davletova
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari maslahatchisining konsultanti, Inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisining bosh koordinatori
O'zbekiston
Anastasiya Li
Anastasiya Li
DBLA gibrid prodakshn studiyasining bosh direktori va ijrochi prodyuseri
O'zbekiston
Shavkat Musinov
Shavkat Musinov
Jamoat arbobi, tadbirkor va triatlonchi sportchi
O'zbekiston
Diana Bakman
Diana Bakman
Tadbirkor, dizayner va onkologiya bilan kurash yo‘lini bosib o‘tgan inson
O'zbekiston
Rustam Narbaev
Rustam Narbaev
Onkolog, palliyativ yordam shifokori, “Ezgu Amal” jamoat fondining tibbiy direktori va “Taskin” xospisining hammuassisi
O'zbekiston
Elmira Bositxonova
Elmira Bositxonova
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Xotin-qizlar, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi asosiy yo‘nalishlarga rahbarlik qiladi
O'zbekiston
Go‘zal Asrorova
Go‘zal Asrorova
Onkomammolog
O'zbekiston
Aziza Tasheva
Aziza Tasheva
Onkomammolog, onkoplastik jarroh
O'zbekiston
Marina Korochkina
Marina Korochkina
Marketing kommunikatsiyalari bo‘yicha mutaxassis, kampaniya koordinatori Erta aniqla - hayotni saqla. Ko‘krak bezi saratonidan davolandi
O'zbekiston
Sardor Qodirov
Sardor Qodirov
Yandeksning O‘zbekistondagi boshqaruvchi hamkori
O'zbekiston
Aziza Umarova
Aziza Umarova
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining Natijalarga erishish ofisi rahbari
O'zbekiston
Dilfuza Aniyozova
Dilfuza Aniyozova
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligida shifokor-ginekolog, jamoat salomatligi sohasi mutaxassisi
O'zbekiston
Shahlo Ikramova
Shahlo Ikramova
Akusher-ginekolog, UNFPA eksperti
O'zbekiston
Qunduz Ahmedova
Qunduz Ahmedova
Akusher-ginekolog, UNFPA eksperti
O'zbekiston
Yulduz Mirzaeva
Yulduz Mirzaeva
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining akusher-ginekologi, reproduktologi
O'zbekiston

Forumga qo‘shiling

Muhokamalarga qo‘shiling: strategiya, erta tashxis, protokolga moslashish va bemorni qo‘llab-quvvatlash-barchasi bir kunlik hamkorlik kunida!

Ro'yxatdan o'tish faqat quyidagi ishtirokchi toifalari uchun ochiq:

• ko'krak bezi saratoni va bachadon bo'yni saratoni tashxisi qo'yilgan bemorlar;
• ularning oila a'zolari va yaqinlari;
• onkologlar, ginekologlar va onkologik yordam bilan bog'liq boshqa mutaxassislar.

Dastur bilan tanishing

Tashkilotchilar

Агенство стратегических реформ при Президенте Республики УзбекистанМинистерство здравоохранения Республики Узбекистан

Hamkorlar

Ushbu muhim tashabbusni amalga oshirishda bizga yordam bergan tashkilotlarga minnatdorchilik bildiramiz.

Yandex
UNFPAKorzinkaSafiaO'zbechkaKimmy LabBenedict Cafe
Erta aniqla master-class
Erta aniqla | Forum o'z salomatligi, qo'llab-quvvatlash va birlashuv kuchi haqida